Ka’ba imomlarining namozi

Assalomu alaykum! Meni savolim Ka’ba imomlari haqida. YouTube da Ka’ba imomlari namoz vaqitida har rakatda ust-boshlarini, kiyimlarini ikki qo‘llab to‘g‘irlashganini ko‘rdim. Agar kishi namozda ikki qo‘l bilan biron ish xarakat qilsa namoz buziladi. Unda ana shu imomlarga iqtido qilgan jamoatning namoziham durust emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ka’ba imomlarida siz aytayotgan holat aynan qay ko‘rinishda bo‘layotganini bilmaymiz. Qolaversa turli o‘lkalarda turli fiqhiy mazhablar yoyilgan va ularda o‘ziga xos hukmlar mavjud. Hanafiy mazhabiga ko‘ra namozda amali kasir qilishlik namozni buzadi. Ikki qo‘lga muhtoj bo‘ladigan yoki namozxon ko‘p hisoblaydigan, yoxud nazar soluvchi «Buni qilayotgan odam namoz o‘qimayapti», deb gumon qiladigan ish ko‘p amal (amali kasir)dir. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar