Faqat farzini o‘qisam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men o‘qishga do‘stlarim bilan har kuni borib kelaman, ularni mashinasi bor. Chamasi, 40 km.dan ortiq yo‘l yuramiz. O‘qishimiz abetdan keyin 13:00 da boshlanadi. Biz 12:00 larda yo‘lga chiqsak tahminan 12:55 larda etib boramiz va ikki para bo‘lsa 15:50 da, uch para bo‘lsa 17:20 da chiqamiz. Asr esa tahminan 16:40 larda kiryapti. Peshin namozini o‘qishim uchun institutdan tahminan 500 metr uzoqda Metan zapravkada namozxona bor. Tanaffusda peshinni o‘qishga masofa va peshin namozi 10 rakatli uchun darsga o‘z vaqtida kirishga ulgirmayman. Kech qolib kirsam ham namoz o‘qib kelyapman deb aytolmayman (oliygohlarda hozir to‘g‘ri tushunadiganlar kam). Vaqtliroq boraylik desam sheriklar ko‘nmaydi. Ikki para dars kunlari peshinni o‘qib olay desam jahli chiqishi mumkin. Men shu vaziyatda yuribman. Peshin qazo bo‘lyapti. Yoki darsdan vaqtli chiqib namozxonada peshinni farzini o‘zini bo‘lsa ham o‘qib yana qaytib darsga kirishni o‘ylab turibman. Yoki yo‘lovchi taksida peshin vaqidan avval borib peshinni o‘qib keyin darsga kiraymikan, ochig‘i boshim qotdi. Qanday maslahat berasizlar ustozlar? Gaplarim tushinarsiz bo‘lgan bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz uydan 12dan ertaroq chiqib, yo‘lovchi taksi bilan borib yo‘ldagi metan zapravkada tushib qolib, peshinni o‘sha erda to‘liq o‘qib, o‘qishingizga kirib keting. Hozirgi kunda peshinni vaqti 12:17da kiradi. Shuning hisobini oling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 140 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar