Dengiz jonivorlari go‘shti

Assalomu alaykum! Yaqinda bir tijorat boshlamoqchi edim InshaAlloh va bu oshxona tijorati bilan bog‘liq o‘zim chet eldaman. Deyarli barcha biz foydalanadigan mahsulotlar halol mahsulotlar va men bu tijoratga dengiz mahsulotlaridan bo‘lgan krevetkadan va osminog mavjudotining siyohidan foydalanmoqchi man savolim shuki bu dengiz mahsulotlaridan tijoratimda foydalansam joyizmi? Bu birinchi savolim ikkinchisi esa yaponlarni milliy taomi bo‘lmish sushi biznesini ochish joizmi chunki u erda ham dengiz mahsulotlaridan foydalaniladi lekin u mahsulotlarni eyish bizning mazxabda joiz emas?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabida bo‘lsangiz dengiz mahsulotlaridan baliqdan boshqasini iste’moli sizga joiz emas, boshqa mazhabdagilarga sotishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:09 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar