Niyat qilingan mahr

Assalomu alaykum! Men uylanayotganimda xotinimga 40gram tilla miqdorida pul beraman deb niyat qilgan edim. Lekin bu niyatimni hech kimga aytamaganman. Xotinimga nikohimizdan oldin mahringa deb el qatori 9 gram tilla miqdorida taqinchoq berganman va u rozi bo‘lgan. Savol: shu holatda men xotinimga niyat qilganim miqdoridagi (40 gram) mahr berishim vojibmi yoki bermasam ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vojib emas. Muruvat jihatidan bering. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar