Etimga yaxshilik qanday amal?
Assalomu alaykum! Xozir xamma joyda etimlarga yaxshilik qilishga juda yaxshi targ‘iblar bo‘lyabdi. Men xam bu ishlardan xursand bo‘lyabman. Savolim etimlarga yaxshilik qilish, kafillikka olish qanaqa amal? Farzmi, vojibmi, sunnatmi, mustaxabmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaziyatga qarab farzi ayn yoki farzi kifoya, vojib yoki sunnat yoki mustahab amal bo‘ladi. Quyidagi hadislardan bu ishning fazlini bilib olishingiz mumkin.عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَنَا وَكَافِلُ الْيَتِيمِ فِي الْجَنَّةِ هَكَذَا، وَقَالَ بِإِصْبَعَيْهِ السَّبَّابَةِ وَالْوُسْطَى. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Saxl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Men va etimning kafili jannatda mana bundoqmiz», deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini (juftlab) ko‘rsatdilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifda etimni o‘z kafolatiga olgan kishiga jannatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lish va’da qilinmoqda. Bu esa etimga kafillik qilish ulug‘ ish ekaniga dalildir.
Albatta, jannatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga xuddi ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar singari yaqin turish har bir banda uchun cheksiz baxt. Bunday baxtga sazovor bo‘lish uchun etimni o‘z kafolatiga olish lozim bo‘ladi. وَلِمُسْلِمٍ: كَافِلُ الْيَتِيمِ لَهُ أَوْ لِغَيْرِهِ أَنَا وَهُوَ كَهَاتَيْنِ فِي الْجَنَّةِ، وَأَشَارَ بِالسَّبَّابَةِ وَالْوُسْطَى Muslimning rivoyatida:
«O‘ziga qarashli yoki o‘zgaga qarashli etimning kafili va men jannatda mana bular kabi bo‘lamiz», deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarga ishora qildilar», deyilgan.
Sharh: Bundan etimning kafili qarindoshlardan bo‘ladimi yoki tamoman begonalardan bo‘ladimi, baribir, unga beriladigan mukofot oliy darajada bo‘laverishini bilib olamiz.
Odatda, etimni o‘z kafolatiga olish, deganda notanish, begona kishining etimi tushuniladi. Ammo bu hadisi sharif bizga etimni kafolatga olish ma’nosi ancha keng ekanini bildirmoqda. Unda o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilarning etimlarini kafolatga olish orqali ham savob ishlash, oxiratning oliy maqomlariga erishish mumkinligi ko‘rinib turibdi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar