Uydan qochib ketaymi?
Assalomu alaykum! Otam somsachi kartoshka, go‘sht, qovoq, tovuqli somsa qiladilar. Yaqinda ba’zi bir bo‘yoq uchun ishlatiladigan (malyarnыy kist) schetkalarni cho‘chqani tukidan qiladi degan. Shunday ba’zi kistlarni ko‘rdim unda oziq ovqat uchun ishlatib bo‘lmaydi xitoyda ishlab chiqarilgan deb yozilgan ekan. Otamni bundan xabarlari bor edi men xam yangi ishlatsa bo‘ladigan sintetik kist olib bergan edim qandaydir sabablarga ko‘ra u kistni tashlab yubordilar endi yana yangi kist oldilar u kist xam menimcha o‘sha cho‘chqani tukidan qilingan kist bo‘lsa kerak. Otamga yana aytsam menimcha vaziyatim og‘irlashib qoladi. Akam poligrafiyada ishlaydi dizayner sifatida dekabr kelganda kalendar, sovg‘alar uchun maxsus salafanlar ustiga qorbobolarni bezalgan archani suratini tushirishadi buyurtmaga tabriknomalar va x.k akam birovni qo‘lida ishlaydi. Bunga sizlar akamni shar’an nojoiz ish qilmasin mazmunida javob bergan edingiz. Meni yoshi 19da luqmamdan shubxa o‘tib xarom eyishni xoxlamayman ijozat berilgan miqdorni esam uyda nega kam ovqat eyapsan deb janjal bo‘lay deyapti. Alloh xalol luqmani Ko‘rsatyaapti xozir noyabr akam olib kelgan narsalardan berkinib eb turibman lekin aksar masalliqni dadam olib keladilar ovqat xam o‘shandan tayyorlanadi. Xullas jonimga tegdi uydan qochib chiqib ketaymi shunga maslaxatingiz kerak uydagilarga aytsam menimcha baribir xarom luqma eyishga imonim yo‘l qo‘ymaydi iltimos maslaxat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uydan chiqib ketmang. Ularni to‘g‘ri yo‘lga chaqiring, isloh qilishga uruning, halol luqmaga qiziqtiring, haromdan ogohlantiring. Otangiz ishlatayotgan chetka nimadan ekanini aniqlashtiring. Hushmuomalalik bilan qilingan murojaatga hech kim e’tiroz qilmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom