Shirkga kiradimi?
Assalamu alaykum! Ammamning o‘g‘li 3 yildan beri farzand ko‘rmaydilar albatta bu Allohning irodasi. Ko‘pgina shifokorlarga ko‘rindalar lekin foyda bo‘lmadi. Yaqinda bir yomon ish bo‘ldi, bir johil inson sherning suv ichgan idishini suvga to‘ldirib yuvinsa bolali bo‘lasan debti va ammamning o‘g‘li ham bu gapga ishonib dadamdan hayvonot bog‘idan sherning idishini olishni aytipti, men bu gapni eshitgach yuragim orqaga tortib ketdi chunki farzand Alloh iroda qilsagina bo‘ladi degan etiqodni qattiq ushlaganman. Bu gapni eshitib kulgim ham keldi chunki odam shunchalik bo‘lishi mumkinmi Alloh iroda qilmayatgan bolani qanday qilib sherning harom idishi yordam berishi mumkin ahir bu ahmoqlik. Ustozlar bu ishni qilsa dindan chiqadimi shu ishni qilsam farzandli bo‘laman deb qilsa Allohga shirk keltirgan bo‘ladimi? Dadamga olib kelib bermang iltimos deb tushuntirdim lekn dadam ammang hafa bo‘ladi deyapti bu holatda dadamga qanday hukm bo‘ladi? Dadamni juda yahshi ko‘raman bu ishga qo‘shilmasligini hohlayman namozlarimda so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning gapingiz juda to‘g‘ri. Inson ilmsiz bo‘lsa, shunday ishlarga ham qo‘l uradi. Ular bu ishlarni farzand bo‘lishiga sabab sifatida qabul qilishadi degan yaxshi gumon qilamiz. Modomiki bu gapga e’tiqod qilishmas ekan, dindan chiqishmaydi. Siz yaxshi gapirib tushuntirishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom