Otamdan qolgan xalol pulni (maoshlarini) qanday exson qilsam bo‘ladi

Assalomu alaykum! Bu saytga birinchi marta yozishim. Bir o‘rtog‘imizning otalari vafot etgan, Otalaridan ozroq pul qolgan, o‘sha puldan kambag‘allarga Qur’on kitob va joynamoz, yoki etim bolalarni boshini silash kiyim kechak oziq ovkat, yangi qurilayotgan masjidga ehson qilmoqchi. Qay biriga ehson qilgani afzallroq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hech birini qilishga haqqilari yo‘q. Marhumdan qolgan narsa va pullarni merosxo‘rlar orasida shariat buyurganidek taqsimlanishi shart. Taqsim qilingandan keyin merosxo‘rlarning biri o‘z ulushidan o‘tgan kishining nomidan ehson qilsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 138 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar