Alloh tanlab olgan bandalar kimlar?

Assalomu alaykum! "Albatta, siz alamli azobni totuvchidirsiz. Faqat qilib o‘tgan amalingizning jazosini olasiz, xolos. Lekin Allohning tanlangan bandalari mustasno. Ular, ana o‘shalar uchun ma’lum rizq - meva chevalar (bordir). Ular ikrom etilganlardir. Ne’matlanish jannatlarida..." (Soffat surasi 38-43-oyatlar). "Ruhiy tarbiya, tiklanish 26-bet". Ustoz Allohning tanlagan bandalari kim? Ular gunoh qilsa ham kechirilganlarmi? (Bunda ochiq oydin osiy xoldagilarni nazarda tutmadim albatta). "Albatta, siz alamli azobni totuvchidirsiz. Faqat qilib o‘tgan amalingizning jazosini olasiz, xolos", deb. So‘ng "Lekin Allohning tanlangan bandalari mustasno", dedi. Men 2 xil tushundim. Birinchisi, kofirlar tanlangan bandalari esa musulmonlar. Ularni xamma gunohlari kechirilib jannatga kiradi ulardek azoblanmaydi, deb. Ikkinchi tushuncham esa, birinchisi bu gunoh qilgan musulmonlar ular gunohiga yarasha jazolanadi deb. Tanlangan bandalariga kelganda unda ular qanday odamlar deb o‘ylanib qoldim? "Tafsiri hilol"ni o‘qidim unda birinchi toifa kofirlar ekan. Demak Alloh musulmonlarni jaxannamda azoblamay gunohlarini kechirib yuboradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri tushunibsiz. Bu erdagi istisno munqote’dir. Ya’ni, istisno qilinuvchilar undan oldin zikr qilingan kofirlar sirasidan emasdir. “Tanlab olinganlar” dan murod mo‘minlardir. Keyingi oyatlarda esa mo‘minlarga tayyorlab qo‘yilgan ne’matlar haqida zikr qilingan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar