Hijobli yoki hijobsiz qizga uylanishdagi savoblar

Dinsizlik siyosati avjiga olgan paytlarda ko‘p ilmdan, ilmli insonlarimizdan ayrildik. Nima esak eb, nima qilsak qilib qo‘ydik. Ota-onalarimiz ilm va Islomdan uzoq bo‘lishligi qatorida, o‘z navbatida namozdan ham uzoq bo‘lishdi. Vaqt o‘tib, mana Mustaqillik davrlariga etib, yana o‘zligimizga qaytmoqdamiz. Biz esa davrga nisbatan ilmsiz va ilmlik oralig‘ida katta bo‘ldik. Oilada va yaqinlar orasida hijobda bo‘lgan ayollar yo‘q. Biz bunday holatlarda hijobga kirishga ulgurmagan yoki bu haqida hali ilmi etmagan yaxshi qizga uylanib, uni vaqt davomida hijobga kiritishimizdan bizga ko‘proq yaxshilik bormi yoki hijobda bo‘lgan soliha qizni topib, shunga uylanishimiz bizga foydalimi? O‘ylashimcha, men kabi bu muammoga uchrab turgan yigitlar ko‘p.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Vaziyatni yaxshilab o‘rganish kerak. Odamlar har xil bo‘ladi. Ammo tayyor dinni tutib turgan shaxs afzal bo‘ladi.

26 May 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar