G‘ayridin ayol

Assalomu alaykum! Hozir men Rossiya davlatidaman. Axli aélim Uzbekistonda. Men bu erda bir rus aeli bilan tanishib koldim, u aélning konuniy eri bor. Lekin eri bir necha yildirki aéliga yakinlik kila olmaydi, moddiy jixatdan xam érdam bermaydi. Ajrashishga xam yuk deydi, uzing uchun biron erkakni topishing mumkin, fakat men bilmasam bulgani deydi. Usha aél bilan nikoxlanishga shariatda yul bormi? U aél bilan xali biron marta xam uchrashganim yuk. 2 savol, Allohga ming xamdlar bulsinkim bir necha oy buldi 5vakt namoz ukiyapman. Eshim 46da, bundan bir necha kun oldin Allohni zikr kilib sevimli Rasulullox S.A.Vni zamonasida tugilmaganimni uylab éttim, oradan bir oz vakt utib uxlab, uykuda étgan vaktimda xam sevimli Rasulullox S.A.Vni zamonida yashaganimda edi, xech bulmaganida taxoratlariga suv isitib xizmatini kilardim degan uy bilan yiglab uygonibman. Buning ma’nosi éki xikmati nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yo‘l yo‘q. U ayol birovning xotini. Eri bor ayolga uylanib bo‘lmaydi.2). Bu sizning Rasululloh sollalohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatingizga dalolat qiladi deb umid qilamiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:49 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar