O‘qituvchi namoz o‘qitmasa

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im safardalar. 2 nafar farzandim bor, o‘g‘lim va qizim. O‘g‘lim 7 yoshdalar shu yosh bo‘lsa xam dadasi 5 maxal namoz o‘qisin diyabti. O‘qityatudim maktab murabbiysi o‘qishini o‘zlashtirvolsin xali yosh namozga diyabti. Ko‘pro uxlamasa miyasi yaxshi ishlamaydi diyabti qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hikmat bilan ish tuting. Namozga ko‘p vaqt ketmaydi, uni muammo qilmanglar, balki bolani namozga muhabbatli qilib o‘rgating va suyagi namozda qotsa ertaga rahmat aytadi. O‘qishga namozni hech qanday zarari yo‘q. Namozga qizg‘ongan vaqtni o‘yin, ekran oldida o‘tirish hisobidan olinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:49 | Savol-javoblar | 168 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar