Kabaga yig‘ilgan pullar

Assalomu alaykum! Musulmon axli borki xajga pul yigadi, oddiy kambagal dexkon yoki kuruvchigacha, ular arabistonga pul tashiydi, bu pullar nimaga sarflanadi? Arablar dubayni kurishdi, dengizlarda kasrlar kurishdi, xatto buxoroga kelib kumda ov kilishadi buni kanday izoxlaysiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haj Islomning besh asoslaridan biri. Imkoni bo‘lgan musulmon haj qilishi shart. Buning arablarga aloqasi yo‘q. Allohning baytini tavof qilish, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamni ziyorat qilish musulmon kishilarning orzusi hisoblanadi. Buni tushunish uchun o‘sha orzu bo‘lish kerak. Odamlar to‘layotgan pullari o‘zlarini o‘sha erdagi yashash xarajatlariga sarflanadi. Ka’ba atrofidagi arablarning Dubayning qurishlishiga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:00 | Savol-javoblar | 156 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar