Marhumning namoz va ro‘za kafforoti
Assalomu alaykum! https://savollar.islom.uz/s/9600 shu likdagi savol javobda "Kim uzrsiz, hatto imo bilan o‘qishga qodir bo‘la turib olti namozdan ziyodni qoldirgan bo‘lsa, kafforot berishni vasiyat qilmog‘i lozimdur. Ramazonda uzrsiz ro‘za tutmagan odam ham shunga o‘hshashdir. Ularning fidyasi va kafforoti qoldirgan merosining uchdan biridan beriladi." deyilgan. Agar yaqinimiz vasiyat qilish kerakligini bilmay, vasiyat qilmay o‘lsayu 6000 dollar atrofi dasmoya puli qolgan bo‘lsa, lekin 10yilcha namoz qazosi bo‘lsa yaqinlari kafforotini qay tartibda to‘lasalak marxum uchun yaxshiroq bo‘ladi? Rahmat sizlarga!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Fidya va kafforotning miqdori bir vaqt namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr) yoki uning qiymati. Bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi. 6 vaqtni 365ga ko‘paytirib, chiqqan sonni o‘n yilga ko‘paytirasizlar. Keyin uni yarim so’ miqdoriga ko‘paytirasiz. Yarim so’ni 300kun ro‘zaga ko‘paytirasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:11 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar