Dangasalik va boqimanda bo‘lib olganlar haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Hozirda ko‘p uchrayotgan bir kasallikmi bu yoki bilmadim dangasalik va boqimandalik haqida so‘ramoqchiman. Juda ko‘p oilalarda bunday insonlar ko‘plab uchrab turadi. O‘zlari hech qaerda ishlamaydilar vaqtlarini bekorga sarflaydi futbo‘l o‘ynash kompyuter o‘yinlariga va boshqa bekorchi ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Keyin biror ish chiqsa xarajatli muommolar bo‘lsa boshqalarga osilib olishadi yordam beringlar deb ko‘z yosh qilib yuradiganlari ham bor. Ba’zi insonlar borki ularni deb oilalarda tinchlik va xotirjamlik buziladi. Er xotin o‘rtasida janjallarga sababchi bo‘lishadi. Tabiiyki bu holat hech kimga yoqmaydi. Boshqalarning tinmay mehnat qilib yig‘ganini shunday beli og‘rimay sarf qilib yuradilar. Bunday holatda nima qilish kerak. O‘zing ishlab top mehnat qil deyishimiz kerakmi yoo ularning ishlamasliklari haqidagi xar xil bahonalarni eshitib beraverish kerakmi qarindosh ekan deb. Payg‘ambarimiz Sallollohu alayhi vasallamdan shunaqa insonlar haqida biror hadis bormi. Ko‘pchilikni qiziqtirgan savol bu.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda silai rahm - qarindoshlik aloqalari savob ishlardan hisoblanadi. Lekin bu birovning hisobiga kun kechirishga asos bo‘ladigan holat emas. Shariatimizda shuningdek halol o‘z kasbidan hayot kechirishga targ‘ib qilingan. Hadisi sharifda shunday deyiladi: عن ثور عن خَالِد بن معدان عَن الْمِقْدَام قَالَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَا من طعام يأكل ابن آدم احب الى الله من كسب الرجل بيَدَهِ وإِنَّ أخي دَاوُدَ كَانَ يَأْكُلُ مِنْ كَسْبِ يَدَهِ  Savrdan, u Xolid ibn Ma’dondan, u Miqdomdan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
"Odam bo‘lasi eydigan taomdan Allohga kishi qo‘li bilan kasb qiladiganidan mahbubrog‘i yo‘qdir. Albatta, birodarim Dovud qo‘li bilan qilgan kasbidan er edi". 
Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:11 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar