Shaytonning yig‘lashi
Assalomu alaykum! Men “hadisdan” degan gap haqida bilmoqchi edim. Unda aytilishacha shayton dunyo yaratilganidan beri uch bora yig‘lagan ekan. Birinchi marta “alayhil la’na” nomini olganda, ikkinchi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tug‘ilganlarida va uchinchi marta “Fotiha” surasi tushirilganda yig‘lagan ekan. Agar kimki bamdod namozidan oldin ixlos bilan “Fotiha” surasini o‘qisa, o‘sha insonni gunohlari mag‘firat qilinib, xuddi yangi chaqaloqdek bo‘lib qolar ekan. Bu gap haqiqatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: إِذَا قَرَأَ ابْنُ آدَمَ السَّجْدَةَ فَسَجَدَ اعْتَزَلَ الشَّيْطَانُ يَبْكِي يَقُولُ يَا وَيْلَهُ. وَفِي رِوَايَةِ: يَا وَيْلِي! أُمِرَ ابْنُ آدَمَ بِالسُّجُودِ فَسَجَدَ فَلَهُ الْجَنَّةُ، وَأُمِرْتُ بِالسُّجُودِ فَأَبَيْتُ فَلِيَ النَّارُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odam bolasi sajda oyatini qiroat qilib, sajda qilsa, shayton chetga chiqib, yig‘laydi: «Voy, sho‘rim qursin», deydi» dedilar». Boshqa bir rivoyatda: «Voy, sho‘rim! Odam bolasi sajdaga amr qilindi va sajda qildi. Endi unga jannat berilur. Men sajdaga amr qilindim va bosh tortdim. Menga do‘zax berilur», deydi», deyilgan. Muslim rivoyat qilgan. Sharh: Shaytonning badbaxt bo‘lib, Alloh taoloning la’natiga uchrashining asosiy sababi – Alloh taoloning amriga bo‘ysunib, sajda qilmaganligidir. Odam bolasining baxt-saodati esa Alloh taoloning amriga bo‘ysunib, sajda qilishidadir. Ana shu sajdalar ichida tilovat sajdasi ham bor. Chunki har bir tilovat sajdasida Alloh taologa sajda qilish haqidagi amrga bo‘ysunish bor. Ushbu hadisi sharifda bayon qilinishicha, musulmon inson qachon tilovat sajdasini qilsa, Shaytoni la’inning dardi yangilanib, hasadi qo‘zib, chetga chiqib yig‘lar ekan. U odam bolasining Alloh taoloning amriga bo‘ysunib, sajda qilib, jannatga noil bo‘lishidan afsus qilib, hasaddan kuyib, yonar, o‘zining sajdaga bormaganligi uchun do‘zaxga tushishiga afsus-nadomat chekar ekan. Demak, inson bolasi baxt-saodatining asosiy manbai – uning o‘z Robbiga qilgan sajdasi ekan. Shayton Allohning borligini inkor qilmaydi, ammo Allohning sajda qilish haqidagi amrini qilmaganligi uchun la’natga uchragan, do‘zaxi bo‘lgan. Endi «Men ham Allohga ishonaman», deb, unga sajda qilmay yurgan odam bolalarining shaytondan nima farqi borligini o‘ylab ko‘raylik. Ehtimol, ular shaytondan ham battardirlar? Chunki Alloh shaytonni sajdadan bosh tortishi bilan darhol la’natlab, dargohidan quvgan. Odam bolasidan bo‘lgan shaytonlar esa o‘zlari uchun berilgan fursatdan ham foydalanmay yuraveradilar. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Sajda oyatini tilovat qilganda sajda qilish kerakligi. 2. Odam bolasi tilovat sajdasini qilganda shayton chetga chiqib, nadomat chekishi. 3. Tilovat sajdasining fazli. 4. Sajda jannatga kirishning omili ekanligi. 5. Sajdadan bosh tortish do‘zaxga kirishning omili ekanligi.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:51 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar