Ribo bu Allohga nisbatan urushmi
Assalomu alaykum! Ribo olgan kishi Allohga qarshi urush ochgan bo‘ladimi? Iltimos batafsilroq javob bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: فَإِن لَّمْ تَفْعَلُواْ فَأْذَنُواْ بِحَرْبٍ مِّنَ اللّهِ وَرَسُولِهِ وَإِن تُبْتُمْ فَلَكُمْ رُؤُوسُ أَمْوَالِكُمْ لاَ تَظْلِمُونَ وَلاَ تُظْلَمُونَ 279. Agar unday qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo‘ladigan urushga ishonavering. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o‘zingizga. Zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas.
Ya’ni «Agar iqtisodiy muomalalaringizda o‘rtadan riboni ko‘tarib, uning sarqitlarini tark etmasangiz, Alloh va Uning Payg‘ambari sizga qarshi qattiq urush ochadi. Agar tavba qilib, riboxo‘rlikdan qaytsangiz, sarmoyangizni olasiz. Shunda siz sudxo‘rlik bilan birovga zulm qilmagan bo‘lasiz va sizga ham zulm qilinmagan bo‘ladi.
Ibn Hibbon va boshqa hadis olimlari Zayd ibn Aslamdan rivoyat qilishlaricha, johiliyat davrida Banu Saqif va Banu Mug‘iyra qabilalari o‘rtasida ribo asosida muomala bo‘lgan ekan. Islomga kirganlaridan so‘ng Banu Saqif qabilasi Banu Mug‘iyradan ribo olmasliklarini iltimos qilibdi. Banu Mug‘iyra o‘zaro maslahatlashib, «Islomda bo‘lganimizdagi muomalalardan ribo olmaymiz, undan avvalgisidan olamiz», – deyishibdi. O‘sha paytda Makkai Mukarramada boshliq bo‘lib turgan Itban ibn Usayd roziyallohu anhu bu haqda Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalomga xat yozganlarida:
«Ey iymon keltirganlar! Agar mo‘min bo‘lsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tashlang. Agar unday qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan urush bo‘lishini bilib qo‘ying...» oyatlari nozil bo‘ldi.
Payg‘ambar alayhissolatu vassalom bu haqda Itban ibn Usayd roziyallohu anhuga xabar berdilar va u kishini agar Banu Mug‘iyra riboxo‘rlikni tark qilmasalar, ularga qarshi urush qilishga buyurdilar. Xabar etganda, Banu Mug‘iyra: «Tavba qilamiz, riboning sarqitini ham tashlaymiz», – dedilar.
Payg‘ambar alayhissolatu vassalom Makkai Mukarramani fath qilgan kunlaridagi xutbalarida johiliyatdagi barcha ribolarni bekor qilganliklarini, birinchi bo‘lib amakilari Abbos ibn Abdulmuttolib roziyallohu anhuning ribolarini qarzdorlar bo‘ynidan tushirganliklarini e’lon qildilar.
Demak, Islomda ribo asosida moliyaviy aloqa olib borish mutlaqo harom qilingan. Nochor holga tushib, turmush o‘tkazish yoki ish yuritish uchun sarmoyaga muhtoj bo‘lib qolgan shaxs bilan xayri-ehson yoki yaxshi qarz berish ila moliyaviy aloqa olib borish lozim. Keyingi oyatda ana o‘sha aloqalardan biri – qarzga oid hukmlarning bayoni keladi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 03:28 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar