Qalb holati
Assalomu alaykum! Meni qalbimda huddi yara bordey shunday og‘riq beradiki hech qaerga sig‘may qolaman. Broz o‘tirib istig‘forni tilim bilan maxfiy aytsam, 1-2 soatlarga og‘riq broz pasayadi. Lekin shunchacha chidab aytish juda qiyin. Lekin naqishbandiya tariqati bo‘yicha tilimni tanglayga tekizib "Alloh yoki astag‘firulloh" desam 2 daqiqa o‘tar qalbimga huddi malham bosilganday bo‘lib qalbim hoxatlanib yara bitayitganday qilib boshlaydi. Shunga nima qilsam bo‘lsa yordam bering nima qilib bu og‘ritdan qutilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min hayotini Alloh taolo buyurganidek yashay boshlasa, uning qalbida sakinat, hotirjamlik, mamnunlik hosil bo‘ladi. Yaratganiga itoati ziyoda bo‘lgani sari qalbidagi quvonchi oshadi. Bordiyu U zotga osiylik qilib qo‘ysa, qalbi eziladi, o‘z nafsini malomat qiladi. Siz Alloh taoloning farzlarini mahkam tuting, gunoh ishlardan uzoq bo‘ling, haromga yaqinlashmang, shubhali narsalardan voz keching. Avvalgi gunohlaringiz uchun astoydil tavba va istig‘for ayting.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min kishi gunoh ish qilsa, qalbida bir qora nuqta paydo bo‘ladi. Agar tavba qilib, u gunohdan butunlay qaytsa, istig‘for aytsa, qalbi poklanadi. Agar (gunohni) ziyoda qilsa, (qalbidagi qora ham) ziyoda bo‘ladi. Mana shu Alloh azza va jalla Qur’onda zikr qilgan mog‘ordir. «Yo‘q! Ularning qilgan kasblari qalblariga mog‘or bo‘lib o‘rnashib qolgandir», dedilar».
Ahmad rivoyat qilgan.
Allohni ko‘proq zikr qiling, Qur’on tilovatini ko‘paytiring. Alloh taolo "Ra’d" surasida marhamat qiladi: الَّذِينَ آمَنُواْ وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُم بِذِكْرِ اللّهِ أَلاَ بِذِكْرِ اللّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ «Ular iymon keltirgan va Allohning zikri ila qalblari orom topganlardir. Ogoh bo‘lingkim, Allohning zikri ila qalblar orom topur!» (28-oyat). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 03:50 | Savol-javoblar | 180 | Ruhiy tarbiya