Eri bergan puldan ota onaga ishlatish

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im taqvodorlikka talabgor musulmonlardan. Alhamdulillah yaxshi yashaymiz. O‘qituvchi bo‘lib ishlar edim xo‘jayinim bola tarbiyasi muhim deb ishdan chiqarib oldilar. U kishi doim ota onalari uchun sovg‘alar oladilar. Men ham ota onam uchun sovg‘a olay desam "Men onamni rozi qilsam jannatga kiraman sen esa meni rozi qilsang. Seni baxtli yashatganim ular uchun sovg‘a" deb aytadilar. Xarajatlarimdan ortgan pulimdan ota onamni xursand qilish uchun har zamon men ham xo‘jayinimga aytmay sovg‘a qilsam gunohkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz topgan pulingizdan ota-onangiz uchun sovg‘a olishga shar’an haqqingiz bor. Solihlar, ayollar ham sadaqalar qilishlari uchun ayollariga nafaqa qilib ko‘proq pullar berib turishgan. Albatta ayol ham sadaqalar va ota-onasi kabi yaqinlariga hadyalar qilib turishi kerak. Erlar bunga sharoit qilib berishlari ham kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:18 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar