Otamga qattiq gapirishga majbur bo‘ldim
Assalomu alaykum! Yoshim 22 da. Men oilada katta farzandman ota onam esimdi taniganimdan beri urushadi otam onamga aytmasdan 2 chi yosh xotinga uylanib olganligi uchun albatta otam xattoki uzimdi dugonalarimga ham yozib tanishmoqchi bub ko‘radi.Olgan xotini esa menga onamga xar hil shaxsiyatga tegadigan xaqoratli smslar yozadi. Uyda nima yomon narsa bolsa unga aytib bizni yomonlab boradi otam bilan shu masalasida otamni yuziga qattiq gapiryapman bu katta gunohmi oq bo‘lmaymanmi qilayotgan ishimdan likin bu tarafda onamdi kop qiynab xaqoratli sozlar gapirib menga ozgin yosh qiz kerak faqat sen ishlash uchun keraksan deb aytadi onamga.onam ishlidi magazinda. Dadam faqat har kun pul olgani bir chiqadi shu bilan ketadi u xotindi oldiga ishlamaydi likin uydagi pullarni unga sarflaydi kechqurun qaytib keladi uyga. Otam men din tarafdan to‘g‘ri hech qanaqa gunoh ish qilganim yoq diydila har doim shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onaga oq bo‘lish borasidagi hujjat va dalillarni jamlab, tahlil qilgan ulamolarimiz bu amal jumladan, quyidagilar bilan yuzaga kelishini aytganlar:
1. Ota-ona uchun qilish lozim bo‘lgan yaxshilikni qilmaslik salbiy oq bo‘lish deb ataladi. Ulardan birortasini qilmagan odam ota-onasiga ana shu sohada oq bo‘laveradi.
2. Ota-ona farzandi haqida qasam ichsa, bola unga amal qilmasligi.
3. Ota-ona farzandidan biror narsani so‘rasa, bola imkoni bo‘lib turib bermasligi.
4. Ota-onaning omonatiga xiyonat qilish.
5. Bolaning ota-onasi uning haqida Alloh taologa shikoyat qiladigan ish qilishi.
6. Ota-onaga oq bo‘lish amaliy va kalomiy qismlarga bo‘linadi. Ota-onaga gap-so‘z bilan ozor etkazganlar ularga kalomiy oq bo‘ladilar. Ota-onaga bir qilmishi bilan ozor berganlar amaliy oq bo‘ladi.
Bularga ota-onani malol olish, ularga do‘q qilish, g‘azab ko‘rsatish, tik qarash kabi narsalar kiradi.
7. Ota-onaga oq bo‘lishning umumiy o‘lchovi shuki, agar begonaga nisbatan qilinsa, kichik gunoh bo‘ladigan narsani ota-onaga qilsa, katta gunohga aylanadi.
Demak, odam Allohga shirk keltirishdan qanchalik qo‘rqsa, ota-onaga oq bo‘lishdan ham shunchalik qo‘rqishi kerak ekan va yolg‘on gap, to‘qima bo‘htonlardan ham shunchalik darajada ehtiyot bo‘lishi lozim ekan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu hadisda eng katta gunohlar haqida xabar bermoqdalar. Ana shu uchta katta gunohning biri ota-onaga oq bo‘lish ekan. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar