Yoshlarda o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi

Alloh Sizdan rozi bo‘lsin. Albatta, Alloh barcha bandalarining umri qancha ekanligini va qanday o‘lim topishini taqdiriga tug‘ilmasidan oldin bitib qo‘ygan. Ammo ota onalarning farzandlarga tarbiya berishdagi xatosidanmi, ilmsizlikdanmi yoki boshqa bir sababdanmi, oxirgi 2 yilda bizning qishloqda 5 dan ortiq voyaga etmagan yoshlar o‘z jonlariga qasd qildi. Bularning hammasi o‘ziga to‘q oiladan, o‘zini osish uchun hayotida yoki oilasida biror bir muommoga duch kelmagan yoshlardir. Masalan, biri onasi bilan bozorga borib o‘ziga yangi kiyimlar sotib olib bozordan kelgandan keyin o‘sha kiyimlarni kiyib molxonasiga kirib o‘zini osdi. Yana biri o‘rtoqlari bilan futbol o‘ynab kelib, u ham molxonasiga kirib o‘zini osdi. O‘zlarini osishga majbur etgan narsa nima ekanligini endi yolg‘iz Allohga ayon. Bu ayanchli voqealarni muommosini qanday hal etishni bilmay mahalla oqsoqollari ham hayron. Muammoni oldini olish uchun nimadir chora ko‘rish kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ularni o‘zini o‘ldirishga majbur qilgan narsa dinsizlikdir. Oqsoqollar o‘zlari dinimizni yaxshi o‘rganib, yoshlarga ham o‘rgatsinlar. Bizning dinimizda o‘zini o‘zi o‘ldirish juda ham qattiq qoralanadi.

26 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar