Ust kiyim haqida
Assalom alaykum! Mening yoshim 18 da, nomoz o‘qishni yaqinda boshladim. Hali juda ko‘p narsalarni bimayman, InshaAlloh o‘rganishga harakat qilyapman, Nomoz o‘qiyotgan vaqtimda qulay bo‘lishi uchun treko kiyaman, savolim shuki unda kompaniyaning nomi va belgisi bor “Li-nin” nomli ammo boshqa tasvirli belgilar yo‘q. Ushbu yozuvning ibodatimga hech qanday ta’siri yo‘qmi? Yana bir savol, har bir rakat nomozda Fotihadan oldin Bismillahni aytib boshlayman, shu to‘g‘rimi yoki aytmay birdan Fotihadan boshlaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Faxsh so‘z yoki islom aqiydasiga zid gap bo‘lmasa namozga zarari yo‘q. Mabodo shunday yozuvli kiyim bo‘lsa kiyimni tashlab yubormasdan o‘sha yozuvini so‘kib yo‘q qilib yuborilsa bo‘ldi. Fotihadan oldin basmala aytishingiz to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:44 | Savol-javoblar | 179 | Namoz