Yo‘lim to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Men juda qiynalyapman. Oldin bir inson bilan gaplashganman uydagilarim unga emas boshqaga beramiz dedila sevgi dema dedila. Men indamadim keyin non sindirdila men nima qilishni bilmay qoldim negadir hayolimga to‘xtanglar man tegmayman deyish kelmadi tilimga, bu ham bir taqdirdir deb o‘yladim ammo kunlar o‘tishi bilan gaplashgan insonim ko‘rashaylik sevgimiz uchun deydi man bilan qochib ket deydi onam esa agar shunay qisang mani ona dema uyimga qaytib kelma dedilar, men istixora namozini ham o‘qidim ko‘nglim to‘q bo‘lmayapti ammo qaysi yo‘l oson bo‘lsa yaxshi bo‘lsa shuni tanlash kerak ekan menga onam tanlagan yo‘l oson ammo ko‘rashmasam o‘zim uchun qiyin bo‘lsachi deb o‘ylayapman chunki men javob beraman u dunyoda gaplashganimga tegishim kerak bo‘lsa qochib ketib bo‘lsa ham unga turmushga chiqishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha odam bilan qilib yurgan shu muomalangiz shariatga ziddir. Ota-onangiz bilan bamaslahat ish qiling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:49 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar