Nafsga aldanib qolish

Assalomu alaykum! "Risolatul Qushayriya" ning 1-darsida ushbu mazmundagi hadisni eshitib qoldim: "Ilmni nega o‘rganding deb so‘ralganda, banda javob beribdi "Ilmni tarqatish va Allohning roziligi uchun" Shunda o‘sha bandaga aytilibdi "Yo‘q, sen ilmni obro‘ uchun, muxoliflaringni engish uchun va hokazolar uchun o‘rganding. Buni do‘zaxga uloqtiringlar"". Savol: Demak banda hayoti davomida, o‘zini o‘zi aldab yashashi, yaxshi va savobli amallarini yaxshi niyatda qilib yuribman deb o‘ylab lekin aslida qalb xolatini o‘zi bilmasdan dunyodan o‘tib ketishi ham mumkin ekanda? Ertaga bunday xolatga tushmaslik uchun nima qilish kerak? Men ham o‘zimni-o‘zim aldab yashamayotganimning dalili yoki belgisi nima? Shu bandani xoliga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak. Shu haqida kengroq tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson salomatligini tekshirtirish uchun doktorlarga borganidek nafsining tazkiya qilish va ruhiy tarbiya olish uchun ham ruhiy tarbiya ustozlarining huzuriga borishi kerak. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh "Ruhiy tarbiya", “Tasavvuf haqida tasavvur”  kitoblaridan ruhiy tarbiya ustozlari qanday sifatda bo‘lishi kerakligi haqida yozilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:51 | Savol-javoblar | 136 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar