Koreyaga borish uchun kafolatga pul to‘lash
Assalomu alaykum! Hozirda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz chet davlatlarda mexnat qilish va chet davlatlari bilan biznes faoliyat yuritish orqali iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Misol uchun Koreya davlatiga biznes viza olish uchun elchixonaga topshiriladigan hujjatlar ro‘yxatida kafolat xati degan xujjat ham topshirilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda ya’ni viza olishga endi birinchi bor xujjat topshirayotgan odam avvalroq xuddi shu turdagi vizani 4 marotaba olib mul’ti viza olishga muvaffaq bo‘lgan odamdan elchixonaga topshirish uchun kafolat xati oladi. Ya’niki shu to‘g‘risidaki, xaqiqatda bu tadbirkor biznes faoliyati bilan shug‘ullanib, belgilangan tartib qoidalarga rioya etgan xolda vaqtida borib vaqtida qaytadi degan ma’noda elchixonaga kafolat xati taqdim etadi. Bu xujjat viza olish uchun elchixonaga taqdim etiladigan xujjatlar ro‘yxatidagi bir xujjat turi hisoblanadi. Yangi viza olmoqchi bo‘lgan tadbirkor agarda viza olishga muvaffaq bo‘lib bu kafolat xati talablariga rioya etmasdan, belgilangan tartib qoidalarga rioya etmay nolegal bo‘lib qolib ketgan taqdirda yoki boshqa belgilangan qoidalarni buzgan taqdirda kafolat turib bergan mul’ti vizasi bor tadbirkorga xam xuquqiy ziyon etkazib qo‘yib, ushbu kafolat xatini bergani uchun mazkur davlatga keyingi safarlarga borishga taqiqqa tushib qolishi oqibatiga olib kelishi mumkin. Lekin bu yangi viza olmoqchi bo‘lgan tadbirkor belgilangan qoidalarni buzmagan xolda 4 marotaba kafolat xati va boshqa xujjatlari orqali viza olib, belgilangan viza muddatlarida vaqtida borib vaqtida kelsa, u xam mul’ti vizaga ega bo‘ladi va kafolat xolatidan chiqqan xolda keyingi safarlariga kafolatsiz chiqish uchun 5 yilga mul’ti viza bilan ruxsat olgan xolda u xam kafolat turib berish xuquqiga ega bo‘ladi. Yana bir muxim jixati shuki, viza olmoqchi bo‘lgan odam ushbu kafolat xati va qolgan barcha xujjatlarni elchixonaga to‘liq topshirgan taqdirda xam viza berilishi yoki rad etilishi xam mumkin. Savolim shundan iboratki, xuddi shu xolat bo‘yicha kimgadur ya’ni yangi viza olmoqchi bo‘lgan tadbirkorga kafolat xati berish uchun ko‘pchilik odamlar (4 safar uchun) eng kamida 1000$dan 5000$gacha xaq so‘rashar ekan va shu «rozichik» kelishuvi bo‘yicha ishi bitib viza olgan yangi tadbirkor bilan kafolat xati bergani uchun pul oldi berdi qilib yurishi eshitiladi. Mana shu xolatda vizasi chiqqan odam kelishilgan «lafz» bo‘yicha yuqoridagi summani kafolat bergan odamga ishlab yoki qilgan foydasidan bo‘lsayam beradi yoki aksincha risk qilib kafolat bergan odam xam «rozi» bo‘lib bergin deb ushbu summani olishar ekan. Ushbu xolatda vizasi chiqqan taqdirda xam bir kafolat xati uchun shuncha miqdorda kelishuv shariat bo‘yicha halolmi? Agarda yangi viza olmoqchi bo‘lgan tadbirkor ishi bitib, ya’ni viza olishga muvaffaq bo‘lib, o‘z fikri bo‘yicha yuqorida aytilgan kafolat xati taqdim etgan mul’ti vizasi bor tanishiga misol uchun «rozi» bo‘lib beryabman deb kelishilgan pulni bersa, ushbu xolatga shariatimiz qanday baxo beradi? Mazkur xolatda ishi bitishiga ya’ni viza olishiga kafolat xati orqali yordam bergan inson haq so‘rashga haqlimi? Ilmlaringizni Alloh ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizning hanafiy mazhabimizga ko‘ra, kafillikka haq olish joiz emas. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan javobda kafillikka aloqador boshqa masalalrni ham bilib olasiz. https://savollar.islom.uz/savol/95820
27 Aprel 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizning hanafiy mazhabimizga ko‘ra, kafillikka haq olish joiz emas. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan javobda kafillikka aloqador boshqa masalalrni ham bilib olasiz. https://savollar.islom.uz/savol/95820
27 Aprel 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom