Qur’on yodlayotganda
Assalomu alaykum! Alloh rozi bo‘lsin, siz azizlardan! Men tajvid qoidalarini yaxshi bilmasamda Qur’onni yodlashga kirishgandim. Bir do‘stim, “xatolarsiz yodlagan yaxshi” deb aytdi va men yodlashni to‘xtatdim. Lekin avval hozirgidan kamroq gunoh qilardim, namozimda xush’u ko‘proq edi. Shuning uchun xatolar bilan yodlayotgan bo‘lsam ham yodlashda davom etsam bo‘ladimi? Xudo xohlasa tajvid qoidalarini o‘rganib olganimdan so‘ng xatolarimni to‘g‘rilab olardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalidan to‘g‘rilab yodlashingiz kerak. Chunki Qur’oni Karimda ba’zi harflar bo‘lib, ularni boshqa harf bilan almashtirib o‘qisangiz o‘sha birgina harfning o‘zgarishi bilan ma’nosi o‘zgarib ketadi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar