Toksikoz vaqtda farz namoz

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda ayolim xomilador. Allohga hamdlar bo‘lsin va og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazmoqda xech narsa qilgisi, egisi, gaplashgisi xam kelmayapti va albatta namozga xam turmasdan yotib (odatiy kunlarda namozga, lekin juda xam maxkam shukr) uni namozga chorlasam xozir manga oson emas Alloh kechirguvchi Zot ko‘rib turibdi deb cheklanyapti. Namozlarini qazo qilayotgani uchun juda xam qiynalmoqdaman, maslaxat bering shu xolatda man qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozlarni hech bo‘lmasa, farzlarini o‘qishi shart. Namozlarni o‘z vaqtida o‘qishni biz va sizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh buyurgan. Hamma ne’matlar kabi farzand ne’matini ham O‘zi bergan. Shu ne’matlarni shukrini ado qilish bandaning burchi. Bu Allohning buyurganlariga amal qilish va qaytarganlaridan tiyilish bilan bo‘ladi. Shukr qilmaslik ne’matlarni ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Namozga hech qanday holatda uzr yo‘q. Siz yaxshi gapirib, qo‘llab-quvvatlab namozlarning farzini bo‘lsa ham o‘qiting. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:43 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar