Yozuvchilar

Assalomu alaykum! Adabiyot mavzusida bir savol bermoqchi edim. Bilamizki har qanday vaziyatda ham rost so‘zlash, rost gapirish va rostini yozish kerak. Shunday ekan bugungi kundagi turli mavzulardagi yozilayotgan asarlardagi ma’noni bo‘rttirib ko‘rsatish hatto aslida yo‘q bo‘lgan odamlardan asar rivoji uchun foydalanish mumkinmi? Yaxshilik yo‘lida, odamlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llamoq istagida shunday asarlarni (asar uchun yolg‘on ishlatilgan, fantaziya kuchi bilan yaralgan kitoblarni) yozish maqbulmi? Men ham to‘g‘ri maqsadda ismlari o‘zgartirilgan holda ibratli kitob yozsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolar bunga ruxsat berishgan. Asar avvalida “Tasavvur qiling”, “Misol uchun” kabi ma’nolardagi kirish so‘zlari bo‘lsa yolg‘on bo‘lmadi. Umuman olganda to‘qima obrazlardan tashkil topganini o‘quvchi bilsa bo‘ldi. Bunda asosiy shart yozilgan asarda shariat va islomiy shartlarga zid obrazlar bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:32 | Savol-javoblar | 147 | Adabiyot
|
Boshqa savol-javoblar