Alloh roziligi

Assalomu alaykum! Meni bir narsa haqida o‘ylab qoldim.Agar menga birortasi zulm qilsa molimni tortib olsa, haqorat qilsa, va hokazo. Shund ay holatda men Allohga duo qilishim yoki qiyomatda Alloh menga haqqimni olib beradi deyishim mumkin. Lekin men doim kechirib va haqqimga roziman deb allohdan unga insof sorasam. Alloh kechirimlilarni kechiradi, rahmdillarga rahm qiladi. Va qiyomatda bilib bilmay qilgan gunohlarimi hayotlik chogimda kechirimli bolganim uchun kechirar deb umid qilishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kechirish mumkin faqat u insonga falon ish gunoh zulm mening haqqimni nohaqdan oldingiz, deb bu amaldan qaytarib qo‘yishingiz lozim aks holda uni bu zulmiga indalmasa to‘g‘ri yo‘ldaman deb o‘ylab zulmida bardavom bo‘lsa uning gunohiga sherik bo‘lib qolishingiz xavfi bor. Mo‘min munkar ish ko‘rsa uni qo‘li, tili va qalbi bilan to‘g‘irlashi va undan qaytarishi lozim. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar