Kunlik yo‘lkirani kelishish

Assalomu alaykum! Men Uzbekistonda, Xorijiy korxonada ishlayman, xozrda korxona raxbarlari Xindistonda men bu erda ishlarni yurtyapman. Yaqinda ulardan oyligimdan tashqari korxona uchun yo‘lkira xarajatlarini qo‘shimcha tarzda to‘lashni yo‘lga qo‘yib bershlarini so‘radim. Chunki korxona ishi uchun xam shu kungacha o‘zimni oyligimdan to‘lab kelayotgandm. Ular rozi bo‘ldi va natijada korxona uchun sarflagan kunlik yo‘lkiralarmni kompyuter orqali xujjat qilib yozib oy oxirida ko‘rsatadigon bo‘ldim, ular 1 oyda nechpul yo‘lkira sarflagan bo‘lsam shuni oyligimga qo‘shib to‘lashadgon bo‘ldi. Korxonaning yumushi uchun boradgon joylarimga ko‘p xollarda damasda 6,000 so‘m (borish-kelsh) yo‘lkira kilib boraman bazan esa taksida o‘rtacha 36,000 (borish-kelish). Men odatda korxona ishi bilan biror joyga taksida borsam kunlik necha pul ketsa o‘sha summani kompyuterga kiritaman, lekn bazan yo‘lkira tejash uchun damasda borib kelaman, yo‘lkirani kompyuterga 6,000 sum emas o‘rtacha 30,000 - 34,000 atrofida (o‘zim cho‘ntagimdan sarflayman ular pul o‘tkazib bergunicha) kiritaman sababi ular ilgari Uzbekistondaligida damasni emas faqat taksida yurishni maqul ko‘rgan shuning uchun yo‘lkiralarni xammasini taksida yurilgan qilib kompyuterga kiritaman. Savolim shuki shu yuqoridagi qilayotgan ishim orqali olayotgan xaqim qanchalik to‘g‘ri va xalol? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa qanday maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz rahbarlar bilan aynan qanday transportda qancha pul sarflab yurishingizni kelishib oling. Ularni aldashingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:04 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar