BAnkdagi pulini naht qilish masalasida

Assalamu Alaykum vr vbShayh hazratlari sizni din uchun, ummat uchun qilayotgan ishlarizni Allohim Rosululloh s.a.v. bilan Jannatda qo‘shni qilib mukofotlasin. aminUstoz bizni bir masalada boshimiz qotib qoldi shunga sizga murojat qilishga majbur bo‘ldik.(Alloh umrizni ziyoda qilsin )Bitta Birodarimni bankda puli bor, yana bitta Birodarim "senga 400$ berman sen meni sho‘timga 1600000 o‘tqaz diyapti ekan.400$ ko‘cha rarhida 1140000 bo‘ladi shunda Birinchi Birodarim 450000 yutqazayapti. Bitta-ikkta domlalardan so‘rashsa valyuta bersa bo‘ladi diyishibdi.Bangkda puli bor birodarim ham bankdagi puliga tavar olsa ham qimmatroq narhda oladi maslan 12-13 foyiz ayirib tashlashadi. Shuning uchun Nargi Birodarim "mana senga naht 400$ menga 1600000 sho‘timga o‘tqaz" diyaptilar.Shunga boshimiz qotib qoldi Birinchi birodarim sizdan so‘rab berishimni iltimos qildi Ribo bo‘lib qolmasin degan maqsadda.Tushunarsiz yozgan va qimmatli vahtizni olgan bo‘lsam uzr so‘riman. Allohim sizda rozi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikki xil pul bo‘lgani uchun ikki tarafning roziligi bilan bo‘lsa, bo‘ladi. Ammo bozor narxida bo‘lgani afzal.

27 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar