Dindoshlari haqida qayg‘urish
Assalomu alaykum! Men Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam - "Agar biror Musulmon banda boshqa Musulmon bandalarning dardi bilan bitta bo‘lasada tunini bedor o‘tkazmasa bizdan emas" degan mazmundagi gaplarini eshitdim, shu eshitganim sahihmi agar sahih bo‘lsa "bizdan emas" dan murod nima
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ma’nodagi hadislar zaif hadislardir. “Bizdan emas” deganining ma’nosi “musulmonlardan emas” degani bo‘ladi. Bu bilan o‘sha kishiga kufr nisbat berilmaydi, balki bu ishi og‘ir gunoh ekanligiga va iymon komil emasligiga dalolat qiladi. Lekin umumiy oyat va hadislarda musulmon aka-uka, birodar ekanliklari, ular o‘zaro bir-birlarini yaxshi ko‘rishlari, mehr-shavqatli bo‘lishlari va yordam berishlari kerakligiga dalolat qiladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 153 | Hadislar