Muddati belgilanmagan qarz
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men Qo‘qonlik ustoz Yorqinjon domlaning qarz momilasi haqidagi maruzalarida qarzni qaytarish muddati belgilanmasa ribo bo‘ladi deganlarini eshitdim. Men to‘g‘ri tushundimmi, ribo bo‘ladimi? Agar shunday bo‘lsa biz Abu Saxiy bozorida savdo qilamiz va ulgurji sotamiz va yon atrofdagi do‘konlardagi do‘stlarimiz bizdan realga ya’ni sotib keyin pulini berishga mol olishadi. Ya’ni biz ulgurji 55.000 sotayotgan molimizni ular ham shu narxda sotishadi va biz ularga 5000 so‘mdan foyda beramiz. Sotilmagan mollarni qaytarib olamiz. Bu erda pul yoki molni qaytarish muddati belgilanmay, sotilsa berishadi. Bu ishimiz durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Belgilanishi shart. Muddati kelganda sotilmagan bo‘lsa yana muddat qo‘shib berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat