O‘ZGA SAYYORALIKLAR

ASALOM ALAYKUM SHAYX HAZRATLATI SIZGA DUNYO OLIMALRI VA ISLOM OLIMLARI FIKRLARDAGI ’HALKASHLIKLARI HAQIDA SIZGA SAVOL BILAN MUROJAAT QILMOQ’HIMAN. SAVOLDAN OLDIN SIZGA MANBALARNI KELTIRSAM.1. FIKRMENGA BIR MUSULMON TABIB OLLOH TAOLO 1800 MING OLAM YARATGAN BED AYTDI. HATTO BA’ZILAR BUNI QUR’ON YOKI HADISDA KELTIRGAN DEB AYTYAPTILAR. LEKIN MEN BU QAYSI SURA VA OYAT EKNLIGI YOKI QAYSI HADIS EKANLIGINI BILMAYMAN. AMMO DUOLARGA INGAN XISLATLAR KITOBIDA AGAR KIM 18000 MING OLAMNI O‘ZIGA MUSAXAR QILMOQ’HI BO‘LSA KIMIYOI SAODAT DUOSINI 7 KUN DAVOMIDA O‘QIB YURSIN DEGAN.2. FIKR[glow=red,2,300]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Iymon" kitoblarida yozilishicha, Alloh taoloning "Allohga erdagi va osmondagilar ham tasbeh aytadilar" (mazmuni) oyatiga muvofiq, olimlar Erdan o‘zga joyda ham hayot bo‘lishi mumkinligini aytishgan.[/glow] MEN BU MANBANI [glow=red,2,300]https://forum.ziyouz.’om/index.php?topi’=5880.0[/glow] SILKADAN OLDIM.ALBATTA MEN BUNI BOSHQALARDAN HAM ESHITGANMAN: YARDAGI VA OSMONDAGIU JAMIKI NARSALAR UNGA TASBEH AYTURLAR.LEKIN BOSHQALAR OSMONDAGI JAMIKI NARSALAR DEGANDA FARISHTALARNI NAZARDA TUTYAPTILAR.3. FIKRALOH INSONNI YARATGANDA ALLOH FARISHTALARGA MEN INSONNI BAR’HA MAQLUQOTLARDAN USTUN VA ONGLI QILDIM DEGAN. 4. FIKR LEKIN O‘ZGA SAYYORALIKLAR INSON AN’HA OLDIN ILGARILAB KETGAN MAVJUDOT DEYDILAR. ULAR NUR TEZLIGIDAN HAM O‘TGAN TEZLIKGA ERISHGAN.5. FIKR ULARNI DUNYONING BAR’HA BUR’HAKLARIDA KO‘RISHGANLARNI AYTISHGAN. MASALAN PARABAL ANTENNA KANALARIDAN QAYSI BIRIDA SEKRETNIY FAYLI KO‘RSATUVIDA TAXMINAN 1950 YILDA O‘ZGA SAYYORALIKLAR AMERIKA PREZIDENTI BILAN BIR BIRLARIGA HUJUM QILMASLIK U’HUN SHARTNOMA TUZGANLAR DEB AYTDI.YANA BOSHQA MANBADA QAYSI AERODROMDA O‘ZGA SAYYORALIKLAR KEMASINI PAYQAGANDA ORQASIDAN IKKITA TOVUSH TEZLIGIDAN TEZ U’GHADIGAN SAMOLYOT ORQASIDAN U’HIB QARIYB YETGANIDAN BIRDAN TARELKA G‘OYIB BO‘LADI.6. QAYSIDIR HADISDA PAYG‘AMBARIMIZDAN BIR SAHOBA PAYG‘AMBALAR NE’HTA DEB SO‘RALGANDA 124 000 TA PAYG‘AMBAR ULARDAN 315 TASI RASUL YOKI 313 TASI RASULDIR DEGANLAR.LEKIN MEN BIR MANBADA ALLOH 18 000 OLAMGA 124 000 TA PAYG‘AMBAR YUBORGAN DEB KELTIRGAN.ALBATTA MEN MANBALAR ANIQ QAYERDAB OLINGALIGINI KO‘RSATBADIM. SABABI MEN O‘QIGAN MANBALARNING JOYINI ESLA OLMAYMAN. LEKIN YUQORIDAGI FIKRLARNI BIR BIRIGA ZIDLIGINI (3 FIKR BILAN 4 FIKR) KO‘RSATYAPTI.SHAYX HAZRATLARI SIZGA UZUN SAVOL BERGANLIGIM, QIMMATLI VAQTINGIZNI OLGANIM, NOO‘RIN SAVOL BERGANIM U’HUN OLDINDAN UZR SO‘RAYMAN. JAVOBINGIZ U’HUN OLDINDAN RAHMAT.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Manbalaringizni bilmasligingizning o‘zi ‎savolingizni javobsiz qoldirishga etarli. Siz katta ‎da’voni qilmoqdasiz. Ammo manbangiz aniq emas.‎Musulmon tabib va duolarga ingan xislatlar kitobi ‎din nomidan vakil bo‘lishga arzimaydilar. Ikkisi ham ‎diniy bilimlardan yiroqlar. Mazkur kitobni o‘qib din ‎borasida bahs yuritaman deyishingizning o‘zi sizning din ‎borasida savodsizligingizni yaqqol ko‘rsatib turibdi. ‎Islomda 18000 olam degan gap mutlaqo yo‘q.‎‎“Erdan boshqa joylarda ham hayot bo‘lishi mumkin, ‎degani ba’zi olimlarning xayoli, xolos.‎Siz 3 fikr degan gap Qur’onda kelgan. Bunga barcha ‎musulmonlar iymon keltiradilar. Unga iymon ‎keltirmagan odam musulmon bo‘lmaydi.‎‎4 fikrni kofirlar aytgan.‎Kofirlarning fikri Qur’onga to‘g‘ri kelmasligi ‎ajablanarli emas.‎O‘zga sayyoraliklar degani aljirashdan boshqa narsa ‎emas. Gumon bilan aytilayotgan gap, xolos. Ilmiy isboti ‎yo‘q.‎Qur’oni Karimda nomlari zikr qilinmagan ‎Payg‘ambarlar haqidagi eng ishonchli ma’lumot Ibn ‎Murdavayhi Abu Zarr al-G‘iforiy roziyallohu anhudan ‎qilgan rivoyatda kelgan, u kishi aytadilarki: ‎‎«Ey, Allohning Rasuli, Payg‘ambarlar qancha?» – deb ‎so‘radim. U zot sollallohu alayhi vasallam: ‎‎«Bir yuz yigirma to‘rt mingta»,–dedilar. ‎‎«Ey, Allohning Rasuli, ulardan qanchasi Rasullar?» –‎dedim. ‎‎«Uch yuz o‘n uchtasi, ko‘pchilik»,–dedilar. ‎Musulmon ulamolardan hech kim ularni 18000 olamgan ‎kelgan degan emas.‎Bu erda dunyo olimlari qani? Islom olimlari qani? ‎Xayolparastlarni dunyo olimlari deymizmi? Bir tabib ‎bilan asli yo‘q, bid’at xurofatdan iborat bo‘lgan ‎kitobdagi aljirashni Islom olimlari gapi deymizmi? ‎

27 Aprel 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 180 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar