Takbir aytilmagan farz namozi
Assalomu alaykum! Oddiy namozxon bo‘lganligim uchun, atrofimdagi namozxon birodorlarimni bilimi etarli darajada bo‘lmaganligi uchun sizlardan so‘rab bilishga qaror qildim. Farz namozidan oldin aytiladigan takbirni aytmasdan farz namozini o‘qib oxrida gumonsirasa namozni qayta o‘qish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Takbir deganda iqomatni nazarda tutgan bo‘lsangiz, u farz namozi uchun sunnat bo‘lib, uni tark qilish bilan namoz ado bo‘laveradi. Qayta o‘qilmaydi.Agar namozga kirishda aytiladigan takbiri tahrimani nazarda tutgan bo‘lsangiz, u namozning farzi bo‘lib, uni tark qilsa, namoz joiz bo‘lmaydi. Qayta o‘qish kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:57 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar