Jamoatga borish xususida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, uyim masjiddan ikki yo uch bekat narida joylashgan. Ishlayman, mashinam yo‘q. Shuning uchun men namozni masjidga borib o‘qiganim afzalmi yoki uyda o‘qiganim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fuqaholarimiz jamoatga qatnashdagi masofani “shamol esmay turgan, shovqin-suran yo‘q, tinch vaqtda muazzinning azoni qancha masofaga etib borsa, shu masofadagi xonadon ahllariga jamoatga chiqishlari sunnati muakkada hisoblanib, uzrsiz tark qilish gunoh hisoblanadi. Undan uzoq masofadagilar uylarida jamoat qilishlari mumkin” deganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَتَى النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم رَجُلٌ أَعْمَى فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّهُ لَيْسَ لِي قَائِدٌ يَقُودُنِي إِلَى الْمَسْجِدِ أَفَأُصَلِّى فِي بَيْتِي؟ فَرَخَّصَ لَهُ، فَلَمَّا وَلَّى دَعَاهُ فَقَالَ: هَلْ تَسْمَعُ النِّدَاءَ بِالصَّلَاةِ؟ فَقَالَ: نَعَمْ، قَالَ: فَأَجِبْ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir ko‘zi ojiz odam kelib: «Ey Allohning Rasuli, mening masjidga etaklab olib keladigan odamim yo‘q, uyimda namoz o‘qiyveraymi?» dedi. U zot unga ruxsat berdilar. U orqaga qaytib ketayotganida chaqirib: «Namozga aytilgan azonni eshitasanmi?» dedilar. «Ha», dedi. «Unday bo‘lsa, javob ber», dedilar». Muslim, Abu Dovud va Nasaiylar rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi zikri kelgan ko‘zi ojiz odam Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu bo‘lganlar. U kishining uylari masjiddan uzoq va uni etaklab keladigan odami yo‘q edi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan jamoatga kelmay, uyda namoz o‘qishga ruxsat so‘raganlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam u kishiga avval izn berib, keyin «Namozga aytilgan azonni eshitasanmi?» deb so‘raganlar. Abdulloh ibn Ummu Maktum «Ha», deb javob qilganlarida, unday bo‘lsa, jamoatga kel, deb ruxsatni bekor qilganlar. Uyi uzoq, ko‘zi ojiz, etaklovchisi yo‘q odamga jamoat namozidan qolishga izn bo‘lmaganidan keyin, boshqalar o‘zlari bilib olaversalar bo‘ladi. Qadimgi musulmonlar bu masalada juda ham hushyor turganlar, jamoat namozidan hech qolmaslikka harakat qilganlar. Imom Muslim keltirgan rivoyatda mashhur sahobiy Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar: «Kim ertaga Alloh taologa musulmon holida ro‘para qilinishidan xursand bo‘lishni istasa, ana o‘sha namozlarini azon aytilgan joyda ado etsin. Alloh Nabiyingiz sollallohu alayhi vasallamga hidoyat sunnatlarini shariat qilib berdi. Albatta, ana o‘shalar (jumladan, jamoat namozi ham) hidoyat sunnatlaridandir. Agar siz mana bu keyin qolganga o‘xshab, uyingizda namoz o‘qisangiz, Payg‘ambaringizning sunnatini tark qilgan bo‘lasiz. Agar Payg‘ambaringizning sunnatini tark qilsangiz, zalolatga ketgan bo‘lasiz. Bizning ichimizda faqat nifoqi ochiq-oydin bo‘lgan munofiqgina jamoat namozidan qolishini ko‘rganman. Ba’zi kishilarni ikki kishi ko‘tarib kelib, safga turg‘azib qo‘yar edilar». Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda Imom Hasan Basriy roziyallohu anhu: «Kimni ota-onasidan biri unga shafqat etib, jamoatdan man qilsa, gapiga kirmasin», deydilar. Ushbu dalillardan kelib chiqib, Hanbaliy mazhabi ulamolari «Jamoat namozi farzi ayndir», deganlar. Molikiy, Hanafiy va Shofe’iy mazhablari «Jamoat namozlari sunnati muakkadadir», deganlar. Ular o‘z ijtihodlariga jamoatning afzalligi haqidagi hadislarni dalil qiladilar va ushbu shiddatli hadislar targ‘ib uchun aytilgan, deydilar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar