Ikki zarar teng kelishi

Assalomu alaykum! Uyimizda gaz nasos qo‘yiladi bu mumkin emas lekin qo‘lim bilan bu ishni qaytara olmayman. Singlimning g‘usl qiladigan vaqti xuftondan keyinga to‘g‘ri kelib qoldi va g‘usl qilishini aytdim. Lekin nasos ulash kerak uydagilar ham hammomni ertaga isitishini aytishdi. Vaziyatni tushuntiray desam nasos yoqilishiga men ham sababchi bo‘lib qolaman lekin namozi qazo bo‘ladi. Ilmsizligim tufayli biron shar’iy chora topish qiyin bo‘lyapti.Yaqinda singlim kasal bo‘lib tuzaldi. Hammomni isitmasdan tushsa shamollashi mumkin. Tayammum qoidasiga ham tushmasa kerak chunki issiq suv elektrli bochkada isitiladi.Nasossiz gaz yonmayapti. Nima qilishga hayronman. Shunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu “ikki zarar teng kelishi va ulardan engilrog‘ini olish” holati emas. Boshqa vositalar bilan isiting. Gas nasos ishlatishni o‘zingiz to‘xtata olmasangiz, shunga qurbi etadigan kishilardan yordam so‘rang. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:57 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar