Namozni vaqtida ado etish

Assalomu alaykum! Xazrat meni duo kiling, namozga tushib ketay. Aslida namoz ukishni bilaman, lekin dangasalikmi eki shayton sababmi xech namozga tusha olmayapman. Namozni Ollox nasib kilganlargina ukishadi, tugrimi? Lekin men xayron buladigan narsa, tanishlarim orasida namozni koldirmay ukishadi lekin kufir gaplarni , ishlarni xam bemalol kilishadi lekin barib ularda Namozga iroda bor, Ollox ularga namozni nasib kilgan. Men esa kancha gunoxdan, kufirdan uzimni extietlashga xarakat kilsam xam, lekin namozga iroda topa olmayapman.Xazrat bu kanday xolat? Balkim meni gunoxlarim kupdir, shumikin sabab? Javobingiz uchun raxmat. savolim tushunarsiz eki teran bulmasa uzir, sabab uzim xam oxirgi paytda uzimda , ruxiyatimda nimalar buvotganini tushuna olmayapman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo sizni namozni qoldirmay o‘qiydigan bandalardan qilsin! Siz boshqalarni tanqid qilmay namozni vaqtida o‘qing.

3 May 2022, 01:46 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar