Xaromga sherik

Assalomu alaykum! Men yaqinda 23.09.2021 kuni maktabga ishga kirdim, menga 30 soat dars berishdi, lekin ishga kirish sanasini oyning boshidan deb yozib tuman rayanosiga berishgan va oylik maosh ham bir oylikniki tushgan, 3,189565 mln som, keyin direktor meni chaqirib ortiqchasini soradi, men ozimni ishlagan haqqimni olib qolib qolgan ortiqchasini qaytarib berdim, agar soramaganda ham ozimning pulimnigina ishlatardim deb oylayman, lekin bu erda bir noto‘g‘ri ish bolyapti, men olgan sinflarga mendan oldin hech kim dars otmagan, yani direktor mendan foydalanib pulni ozlashtiryapti. yana bir tomondan esa men oquv yili boshidan qolib ketgan darslarni ham otib beryapman. lekin baribir osha pullarni olmagan bolardim chunki men maoshni otgan darslarimga emas ishlagan soatimga olaman va maoshni ham osha dars otgan 7 kunim uchun ishlagan soatlarimga olishim kerak deb fikr qildim. Savol: 1) diektorning qilgan ishiga sherik bolib qoldim, chunki menga dars berayotgan payti men oyni boshidan deb yozishini aytgandi, rostni aytsam osha payti xato qilayotganimni anglamadim desam yolgon aytgan bolaman, balki mening ham nafsim nimanidir hohlagandir, buning tavbasi qanday boladi? 2) meni fikr qilishim to‘g‘rimi, yani faqat 7 kunnikini olishim kerakmi aslida ham?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha sherik bo‘lasiz. Bu ishdan uni ham qaytarib, byudjetdan nohaq pul olmanglar va olishga yordam ham bermang. Ishlab o‘quvchilarga ilm bergan soatingizga ish haqi olishingizgina halol. Ishlamagan soatga haq olmang. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar