Maslahatingizga muhtojman…

Hazrat mani bir ruhiy iztirob qiynamoqda. G‘iybat bo‘lmasin, ammo maslahatingizga muhtojman. Yaqinlarim erim va u kishining opasi, ukasi zulm, fitna qilganliklari og‘ir botdi. Ularga salom berayapman, ammo qalbimda nimadir qoldi, yuzlariga qaragim kelmayapti. Alhamdulillah necha yildan beri Alloh taolo namozda sobitqadam qildi. Namozga, dinimizga ixlosu muhabbatimni erim ham yaqinlari ham yaxshi bilishadi. Gunoh ishlarini ko‘rsam ularni bu ishdan qaytarishim ularga yoqmas edi. Lekin ularga hurmatim baland edi. Ular taqvoyim sababli erimga “xotining “vaxobiy” bo‘lib qolibdi, uni ro‘molini echiramiz (hali hijob o‘ray olmagan bo‘lsam ham, lekin avratlarimni yopib yurardim), namozlarini tashlatamiz, bo‘lmasa xotiningni bu qilmishi bizga isnod bo‘ladi, mansabga erisholmaymi” deb menga qarshi qilishdi. O‘zlari namozdan bexabar. Menga bildirmay ota-onamga shu gaplarini aytib iztirobga qo‘yishdi. Inshaalloh Ramazonga ko‘nglim oq bo‘lib kirishni xohlardim. Maslahat bering!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sabr qiling. Ularga rushdi hidoyat va insofu tavfiq so‘rab duo qiling. Siz haqsiz. Ular ming marta nohaq. Alloh taolo sizga sabr - matonat, ularga hidoyat ato qilsin!

1 May 2022, 06:38 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar