O‘quv markazida penya

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, o‘quv markazida o‘qishni uchinchi kunidan shartnoma berishdi va unda "Ushbu shartnomaning 3-bandida belgilangan shartnoma summasini 100 % ikkinchi darsdan to‘lov tarzida va to‘liq hajmda to‘laydi, o‘z vaqtida qilinmagan to‘lov uchun oylik to‘lovni 10% penya xisobida qo‘shimcha to‘lov qilinadi" yozilgan ekan. Men penya borligi uchun rozi bo‘lmadim o‘qishni davom etishga. Boshida bizni taklif qilganda 1-dars proba deb tekin degandi, endi bo‘lsa shu kunga pul undirishmoqda, o‘qishga rozi bo‘lganimiz uchun deb, o‘qishni davom etirsak xam shu kunga pul olishar ekan, agar 1-kun yoqmasa o‘sha kun kemasa shu kuni pulini olmas ekan. Xozir bizdan 2 kunga emas 3 kunga pul so‘rashmoqda, bu ishligi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayb sizlardan ham o‘tgan ekan. Sizlar o‘sha birinchi kungi o‘qishga ham bormay turib shartnomani yaxshilab o‘qib chiqishingiz kerak edi. Endi kelishinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:59 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar