Tarmoqli marketingni halol va xarom turlari
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, xizmatlarizdan juda xursandmiz, minnatdormiz, Alloh ilmlarizni ziyoda aylasin va sizlardan rozi bo‘lsin! Men vrachman, jarroxman. Afzalligiga qarab kerak bo‘lganda operatsiya qilamiz yoki konservativ (operatsiyasiz) davo yo‘lini qo‘llaymiz. Ba’zi og‘ir bemorlarni an’anaviy tibbiyot kuchsiz bo‘lganda noan’anaviy tibbiyotdan shifo topishlariga ham guvoh bo‘lamiz. Tabiiy yo‘llar bilan zarari kamroq, balki effektivligi yuqoriroq mahsulotlar borligi bizni xursand qiladi. Ammo aksari chet elning bu mahsulotlari yurtimizga tarmoqli marketing orqali kirib kelgan. Afsuski, bu mahsulotlarni dorixona yoki do‘konlarda topib bo‘lmaydi. Uni bemor olishi uchun ushbu tizimga a’zo bo‘lib sotib olishi kerak yoki a’zo bo‘lgan kishini qayta xarid qildirib undan sotib olishi kerak bo‘ladi. Ikki holda ham kompaniya mahsulot kimni nomiga olinsa shu kishiga chegirma va bonuslar beradi. Bir kompaniya mahsulotlarini sifati, halolligi va effektivligiga shubham qolmaganidan keyin men ikki haftadan buyon uning marketing tizimini ichkaridan yaqindan o‘rganib chiqmoqdaman (a’zo bo‘lmagan holda). Shu vaqtgacha tarmoqli marketing nojoizligi, shubhali bo‘lgani uchun unga a’zo bo‘lmaganman. Qidiruv tizimida ham yana bir bor tarmoqli marketing borasidagi savol-javoblar bilan tanishib chiqdim. Unda aksari holda qat’iy «tarmoqli matketingni hammasi harom» shaklidagi javob berilganligini ko‘rmoqdaman. Biroq Moskva shahri memorial masjidi imom-xatibi, «Al-Azxar» bitiruvchisi Shamil Alyautdinov tomonidan quyidagi ssilkadagi (https://umma.ru/economica-i-islam/shariatskie-zapreti/8842-setevoj-marketing-khalyal-ili-kharam ) ma’lumotiga ko‘ra barcha savdo turlaridagi kabi tarmoqli marketingda ham halol va xarom turlari tafavut etilarkan. Savolim: shunga ko‘ra hozirgi kunda tarmoqli marketingni qat’iy barcha turlari harom deyaveramizmi yoki harom turlari ko‘p tarqalganligiga qaramay halollik talablariga javob beradigan turi ham bo‘lishi mumkin deymizmi? Agar halollik talablariga javob beradigan turi topilsa unda faoliyat olib borish joiz bo‘ladimi? Savolim o‘rinsiz va qo‘pol chiqqan bo‘lsa uzr so‘rayman va sizlarga oldindan rahmat deyman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Lekin bizning yurtimizda tarmoqli marketingni halol turiga kiradigani yo‘q. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 199 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Lekin bizning yurtimizda tarmoqli marketingni halol turiga kiradigani yo‘q. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 199 | Halol va harom