Zakot berishga layoqatlimanmi

Assalomu alaykum! Ustozlar, man ingliz tili fanidan repetitorlik qilaman, bu tadbirkorlik ishimni 5 oydan beri qilib kelyapman, ijaraga xona olib ishlayman. Oyiga $1000 daromadim bor ya’ni soliq ba ijara to‘lovidan tashqari, hozirga qadar $5000 yig‘dim, va bu pullarni turmush o‘rtog‘im bir ish boshlamoqchi bo‘ldilar berdim. Ularni bu ishlariga yana $2000 kerak bo‘lyapti, shuni aprel oyi oxirigacha qilib berishga harakat qilyapman. Bu pullarni ular menga noyabr oyida InshaAlloh foydasi bilan beraman dedilar. Man zakot berishim kerakmi. To‘g‘risi o‘zi alohida joy olib o‘sha erda dars o‘tish uchun pul yig‘ayotgan edim. Ya’ni ijarada ishlamasdan. Tillalarim 20-25 gram chiqadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pullaringiz nisobga etgan kunidan boshlab bir yil aylanishi bilan zakot berishingiz vojib bo‘ladi. Tillalaringizni ham pullaringizga qo‘shib hisoblaysiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:10 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar