Boshqa soha vakillari oldi sotdisi

Assalomu alaykum! Bir tanishim aytdi bitta prorab bir joyni quribti va u joyga videokamerachi ham gaplashib beribti va kamerachiga aytibti kamerani donasini nech puldan qo‘yvossan deb u falon so‘m debti keyin prorab unga qarata ustiga yana shuncha qo‘yginda o‘shani menga berasan bino egasiga bitta kamera qo‘yish shuncha bo‘ladi deb ayt debti. Shu ishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Bu firbgarlik bo‘ladi. Birovning molini botil yo‘l bilan eyish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar