Kredit olgan mijoz narsa xarid kilsa
Assalomu alaykum! Men xozirda tibbiy apparatlar sotadigan korxonada ishlayman. Bizga ba’zida yangi mijozlar telefon qilib bankdan kredit olishayotgani va shu kredit pullariga bizdan mol xarid qilishmoqchiligini aytishadi. Agarda shu kabi mijozlar bizdan ma’lum summaga mol xarid qilishsa bizga o‘sha miqdordan bonus(rag‘bat) pullari oylik maoshga qo‘shimcha qilib berishadi. Savolim shuki shu kabi xolatlarda men nima qilishim lozim, mijozga umuman mol sotmasligim kerakmi yoki sotaymi? Bu xolda kredit (riboga aloqador) pullarni olish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulni olib kelib sizdan xarid qilsa, sizga zarari yo‘q. Ammo siz tufayli riboga aralashsa, gunohiga sherik bo‘lib qolasiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar