Cheksizlik

Assalomu alaykum! Alloh mukammal va o‘tu-o‘ta qudratli ekanini bilish uchun va Uning mukammalligini anglash uchun koinot xaqqida tafakkur qilmoqning o‘zi etarli va bu o‘z-o‘zidan bu darajada aniqlik bilan xarakatlanishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, savol shundaki Alloh insoniyatni nega faqat erda yaratti axir er shu darajadayam kichkina va ojiz sayyoraki bundan trilionlab katta joylar bor koinotda, birgina er uchun arzimagan bir sharoitni qilib quyish etarli edi Alloh uchun nima kerak endi shuncha koinot va boshqa o‘lik sayyora va koinotni buning xikmati nimada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!   Shak-shubha yo‘q Alloh bu koinotni o‘ziga ayon bo‘lgan katta hikmat bilan yaratgan.  O‘sha hikmatlardan biri  O‘zinig qudratini ulug‘ ekanini ko‘rsatishdir. Alloh taolo "Oli Imron" surasi 190-oyatida marhamat qiladi:إِنَّ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَاخْتِلاَفِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ لآيَاتٍ لِّأُوْلِي الألْبَابِ۝ 190. Albatta, osmonlaru erning yaratilishida hamda kecha va kunduzning almashib turishida aql egalari uchun oyat(belgi)lar bor.
Osmonga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, erga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, kechayu kunduzning almashishiga nazar solib, aqlini ishlatgan odam, albatta, Allohning yagonaligiga, qudratiga, yaratuvchiligiga qoyil qolmasdan, iloji yo‘q.
Osmonlaru erdagi ajoyib mutanosiblik butun dunyo tortishish qonuni ila shunday bo‘lib turganini ilm-fan aytadi. Lekin o‘sha qonunni kim ijod qildi?!
Osmonlaru erdagi hamma narsalar azaliy emas, balki keyin paydo bo‘lganligini ham aql ishlatgan odam darrov tushunib etadi. Demak, ularni paydo qiluvchi Zot bor. U Alloh taolodir.
Kechayu kunduzning almashib turishi erning quyosh va o‘z o‘qi atrofida aylanib turishidandir. Lekin ularni yaratgan va quyoshni ham o‘z o‘qi atrofida aylanadigan qilib qo‘ygan kim? Albatta, Alloh taolo jalla jalaluhudir. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar