Telegramda Mashina bozor kanallar

Assalomu alaykum! Bu safargi savolim bozor kanal yunalishida. Telegramda mashina bozor kanalda mashina sotmokchi bulganlar shu kanal adminiga murojaat kilib mashinasini kanal auditoriyasiga elon kilib berish uchun malum mikdor pul tulashadi. Admin mashina sotmokchi bulgan shaxs mashinasini malumotlari va rasmini kanalida elon kiladi. Auditoriyadagi kimdur mashinani sotib olishi mumkin. Savol shuki 1. Mashina sotayotgan shaxslarning bazilari mashinani kreditga olgan buladi shunday mashinalarni sotilishida adminlar kanali orkali sotilishida sababchi bulib olgan pullari xarom bulib kolmaydimi? Admin xar bir sotuvchidan sotayotgan mashinasi kreditga olinganmi yukmi surab kuyishi kerakmi? 2. Bazi mashina sotayotganlar naktga va bank orkali xam olishsa sotaveraman deyishadi. Shunda admin ularga bank orkali sotiladigan mashinani elon kilmaymiz desa, sotuvchi mayli unda fakat naktga deb kuyib beravering deydi. Shunda sotuvchini dilidagini bilmagandan keyin tilidan chikkan lavziga karab mashinasini elon kilib bersa joiz buladimi? 3. Bir kanal admini mashina elonlarini kanaliga kuyib boradi. Sotuvchilardan bank orkali sotilmaydimi? Krediti yukmi deb suramaydi ammo sotuvchi uzi kreditga sotaman desa kuymaydi. Shunday kilib ish yuritsa bulaveradimi? Zotan pichok sotuvchilari xam kim nima maksadda pichok sotib olayotganini bilmaydi. Ular xam pichokni nimaga ishlatasan dkb sotishmaydi. Iltimos, mana shu ish jarayonida kanday ish olib borishlik xakida nasixat kilsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Mashina ribaviy qarz (kredit)ga sotib olingan bo‘lsa uni qayta sotishning zarari yo‘q. Kredit olgan shaxs ribo ediruvchi hisoblanadi. Qo‘lidagi mablag‘ bu bilan harom bo‘lib qolmaydi.  Agar ribo eyish, o‘zganing molini tortib olish, o‘g‘irlash, harom narsalar savdosi, buzuqlik orqali topilgan pulga olingan bo‘lsa unday buyumni savdosiga ko‘maklashish joiz emas.2). Riboning harom ekanligi, unga ko‘maklashgan kishi ham gunohga teng sherik bo‘lib qolishini ogohlantirib, bu ishga aslo qo‘l urmaslikni aytib, rozi bo‘lsa e’lon qilsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar