Namoz durust bo‘ldimi?
Assalomu alaykum! Bir xaftacha oldin ko‘pchilik bo‘lib erta tongda safarga chiqdik. Bomdod vaqti kirdi va avtobus xaydovchisidan iltimos qilib, yo‘l chetida chim ustida bomdodni o‘qidik. Men imomlik qildim. Ammo yo‘l yoqalab uy xayvonlari o‘tishi mumkinligini va chimning yomgirdan xulligini inobatga olib poyafzalim (to‘pikkacha etadigan zamokli etik) ni echmay namoz ukidim. Bu birinchi xolat. Ikkinchi xolat kuyidagicha. Yo‘lda tushlik qildik va avtoturargox xojatxonasida taxorat qildim. Xojat chiqarish kabinkalari aloxida-aloxida qilib joylashtirilgan, iflosliklar suv bilan doimo yuviladi. Taxorat olish uchun aloxida ikkita kran bor. Qazoi xojatdan keyin taxorat qildim, ammo poyafzalimning ostki qismini yuvish yodimdan chiqdi. Asr vaqti kirganda metan yoqilgisi shaxobchasida namoz o‘qib olish uchun to‘xtadik. Namoz o‘qish xonasini kutish xonasiga aylantirishibdi (ilgari namoz o‘qisa bo‘lardi) va biz to‘xtamay ketdik. Yana yo‘l chetida namoz o‘qidik. Men yana poyafzal bilan namoz o‘qidim. Menga ergashganlar poyafzallarini echishdi. Shu ikki xolatda namozimiz durust bo‘ldimi? Qabul bo‘lmasa xamma qazosini o‘qib olsinmi? Rossiyadaligimda juma namozida imom oyok kiyimni echmay namoz o‘qisa bo‘ladi degandi. O‘sha vaqtda sovuq, ko‘chada qor yog‘ayotgan edi. Men shu xolatni eslab poyafzalni echmay namoz o‘qigandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz durust bo‘lishi uchun namozxonning kiyimi va namoz o‘qiladigan makon pok bo‘lishi kerak. Siz aytib o‘tilgan holatlarning qaysi birida shu shartlar topilmagan bo‘lsa, namoz durust bo‘lmagan. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz durust bo‘lishi uchun namozxonning kiyimi va namoz o‘qiladigan makon pok bo‘lishi kerak. Siz aytib o‘tilgan holatlarning qaysi birida shu shartlar topilmagan bo‘lsa, namoz durust bo‘lmagan. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 167 | Namoz