Siyrat
Assalomu alaykum! Men bu oyda siyratni o‘rganishni ahd qildim va bir qancha kitoblarni o‘qib o‘rgandim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “meni ota onangiz va o‘zingizdan ham ko‘proq yaxshi ko‘rmas ekansiz, komil mo‘min bo‘lolmaysiz” degan hadislarini o‘qidim. Lekin har qancha o‘qib harakat qilsam ham shayton vasvasa qilib ul zotni aytganlaridek seva olmayapman. Ba’zan xayolimga nomaqul fikrlar ham kelyapti. Bu narsalarni ketgazish uchun nima qilsam va qanday qilib ul zot aytganlariday martabaga erishsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muhabbat qilish ikki qismga bo‘linadi. Biri beixtiyor yaxshi ko‘rish, ikkinchisi o‘ylab, fikr va aql yuritib yaxshi ko‘rish. Biz ikkinchi muhabbatni qilishga buyurilganmiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zarracha ozor etishiga rozi bo‘lmasangiz, bu u zotni yaxshi ko‘rishingizga dalolat qiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:22 | Savol-javoblar | 147 | Siyrat va tarix