Farzandning otaga duosi
Assalomu alaykum! Otam raxmatli bo‘lganiga ko‘p yillar bo‘ldi. Afsuki u kommunistik tarbiya olgan edi. Xudoga ishonardiyu lekin tvda qo‘yilgan payg‘ambarlar filmlari jumladan Asxobi Kaxfning 100lab yil uxlashi kabi voqealar unga mantiqiz kelgani uchun ishonmasdi. Oxiratdan gapirganda u yoqqa borib kelgan yo‘q derdi. Savolim 1. Uning xaqqiga duo qilish joizmi? 2. Duo qilsak qanday duo qilamiz? Yana bir savolim biz taraflarda er ostidan suv chiqadi deb mayitni er ustiga qo‘yib qabr qurib qo‘yaveradilar. Bu qanchalik to‘g‘ri. Er ostidan 2 metrcha suv chiqmasligi aniq. Ming afsus bizning Xorazmda xali xanuz namoz o‘qiydiganlarga ola qaraydiganlar ko‘p.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Biror kofir modomiki tirik, hali vafot etmagan bo‘lsa, unga hidoyat so‘rab duo qilish joizdir. Ammo biror kishi kufrda vafot etgani aniq bo‘lsa, u uchun mag‘firat, rahmat so‘rab duo qilish joiz emas.مَا كَانَ لِلنَّبِىِّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَن يَسْتَغْفِرُواْ لِلْمُشْرِكِينَ وَلَوْ كَانُوٓاْ أُوْلِى قُرْبَىٰ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُمْ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ Payg‘ambar va mo‘minlar uchun do‘zax egalari ekanligi ayon bo‘lgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari bo‘lsa ham, istig‘for aytishlari durust emasdir. Tavba surasi 113-oyat.Oyati karimaning nozil bo‘lish sababi haqida Imom Ahmad Ibn Musayyibdan, u esa otasidan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Abu Tolibning vafoti yaqinlashganda uning oldiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kirdilar. Uning huzurida Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey amaki, la ilaha illallohu desang, Alloh huzurida sen haqingda duo qilaman», dedilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayyalar esa: «Ey Abu Tolib, Abdulmuttolibning dinidan yuz o‘girasanmi?» dedilar. U bo‘lsa: «Men Abdulmuttolibning dinidaman», dedi. Bas, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Agar man qilinmasam, sening uchun istig‘for aytaman», dedilar. Shunda Alloh taolo: «Nabiy va mo‘minlar uchun do‘zax egalari ekanligi ayon bo‘lgan mushriklarga, agar yaqin qarindoshlari bo‘lsa ham, istig‘for aytishlari durust emasdir» oyatini nozil qildi». Demak, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamgaki ruxsat yo‘q ekan, boshqalarga bo‘lmasligi aniq gap. Bu erda iymon va e’tiqod aloqasi hamma aloqalardan ustun turishi yaqqol ko‘rinib turibdi. Mo‘min kishi uchun hamma narsadan iymoni afzal, shuning uchun u avvalo iymon, din qardoshlari ila aloqa va bog‘lanishlarni yo‘lga qo‘yadi. 2). Suv chiqib ketsa joiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 21:53 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar